Sun’iy intellekt yordamida kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirish sari: imkoniyat yoki pedagogik illyuziya?

  • Doktorant, Navoiy davlat universiteti

DOI

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4-pp13-19

Kalit so‘zlar

Sun’iy intellekt vositalari , tafakkur ko‘nikmalari , chet tilini o‘qitish , o‘z-o‘zini boshqarish , tanqidiy mulohaza , tahliliy o‘qitish , bilimlarni yangi vaziyatlarda tatbiq etish , raqamli ta’lim texnologiyalari , tenglik masalalari

Annotasiya

So‘nggi yillarda sun’iy intellekt vositalari, xususan yirik til modellari, ta’lim jarayonida innovatsion yondashuv sifatida keng muhokama qilinmoqda. Tadqiqotchilar bunday texnologiyalarning o‘quvchilarda tahliliy tafakkurni rivojlantirish, o‘z fikrlash jarayonini nazorat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda o‘rgangan bilimlarni yangi vaziyatlarda qo‘llash salohiyatini alohida ta’kidlamoqda. Jumladan, sokratik suhbatlar, o‘quvchi tomonidan yuritiladigan kuzatuv daftarlari va matn janrini o‘zgartirishga asoslangan topshiriqlar sun’iy intellekt vositalari yordamida o‘quvchilarni chuqur mulohaza yuritishga va yuqori darajadagi tafakkurni rivojlantirishga undaydi. Shu bilan birga, yuzaki o‘zlashtirish, aqliy yukni sun’iy tizimlarga o‘tkazib yuborish va algoritmlardagi noxolislik kabi xavf-xatarlar ham mavjud bo‘lib, bu texnologiyalarni o‘qitish jarayoniga puxta va tanqidiy yondashuv asosida integratsiya qilish zarurligini ko‘rsatadi. Ushbu maqolada sun’iy intellekt vositalarining imkoniyatlari L.S. Vygotskiyning ijtimoiy-madaniy yondashuvi va B. Blum tasnifi asosida tahlil qilinib, ularning ingliz tilini chet tili sifatida o‘rgatishda tafakkur va o‘z-o‘zini boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirishdagi o‘rni baholanadi. Maqolada sun’iy intellekt vositalaridan ta’lim jarayonida tanqidiy mulohaza, hamkorlik va o‘z faoliyatini tahlil qilishga asoslangan pedagogik yondashuv orqali samarali o‘quv muhitini yaratishda foydalanish imkoniyatlarini asoslab berilgan.

Bibliografik manbalar

Castañeda, L., & Selwyn, N. (2025). Generative Artificial Intelligence and Extended Cognition in Science Education. Science & Education, published March 2025.

Clark, A. (2025). Extending minds with generative AI. Nature Communications, 16(4627). https://doi.org/10.1038/s41467-025-59906-9

Jose, B., Cherian, J., Verghis, A. M., Varghise, S. M., Mumthas, S., & Joseph, S. (2025). The cognitive paradox of AI in education: Between enhancement and erosion. Frontiers in Psychology, 16. https://doi.org/10.3389/fpsyg.2025.1550621

Holstein, K., et al. (2025). Looking Beyond the Hype: Understanding the Effects of AI on Learning. Educational Psychology Review..

Steyvers, M. & Peters, M. A. K. (2025). Metacognition and Uncertainty Communication in Humans and Large Language Models. ArXiv, April 2025.

Liu, Z., Yin, S. X., Lee, C., & Chen, N. F. (2024). Scaffolding Language Learning via Multi-modal Tutoring Systems with Pedagogical Instructions. ArXiv, April 2024.

Ogunleye, B., Zakariyyah, K. I. et al. (2024). A Systematic Review of Generative AI for Teaching and Learning Practice. ArXiv, June 2024.

Namaziandost, E. (2025). Integrating flipped learning in AI-enhanced language learning: Mapping the effects on metacognitive awareness, writing development, and foreign language learning boredom. Computer Applications in Engineering and Artificial Intelligence, 100446. https://doi.org/10.1016/j.caeai.2025.100446

Khotimah, K., Rusijono, & Mariono, A. (2024). Enhancing metacognitive and creativity skills through AI-driven meta-learning strategies. International Journal of Interactive Mobile Technologies (iJIM), 18(5), 18–31. https://doi.org/10.3991/ijim.v18i05.47705

Rivera Novoa, A., & Duarte Arias, D. A. (2025). Generative artificial intelligence and extended cognition in science learning contexts. Science & Education. https://doi.org/10.1007/s11191-025-00660-1

Yusuf, A., Pervin, N., & Román-González, M. (2024). Generative AI and the future of higher education: A threat to academic integrity or reformation? Evidence from multicultural perspectives. International Journal of Educational Technology in Higher Education, 21(21). https://doi.org/10.1186/s41239-024-00453-6

Kholikov, B. A. 1-sho ‘ba the language of fantasy: linguistic features in mythological and fantasy literature. Ilmiy va professional ta’lim jarayonida muloqot, fan va madaniyatlar integratsiyasi, 17.

Yuklashlar

51 24

Nashr qilingan

Sun’iy intellekt yordamida kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirish sari: imkoniyat yoki pedagogik illyuziya?

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Ruziyeva, M. 2025. Sun’iy intellekt yordamida kognitiv ko‘nikmalarni rivojlantirish sari: imkoniyat yoki pedagogik illyuziya?. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika. 3, 4 (Jul. 2025), 13–19. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4-pp13-19.

Nashr

Bo'lim

Chet tillarni o'qitishda innovatsion usullar va vakolatlarga asoslangan yondashuv