Maktabgacha ta'lim muassasalarida hamshiralik ishini tashkil etish va takomillashtirishda hamshira bo’lishining afzal tomonlari

  • magistrant, Oliy hamshiralik ishi, Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, Samarqand, O‘zbekiston
  • katta o‘qituvchi, Samarqand Davlat Tibbiyot Instituti, Samarqand, O‘zbekiston

DOI

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2/S-pp400-406

Kalit so‘zlar

maktabgacha ta’lim muassasalari , bolalar , hamshira , tibbiy xizmat

Annotasiya

Bugungu kunda dunyo bo‘ylab tibbiyot fanining rivojlanishi va tibbiy texnologiyalarning takomillashishi, aholiga tibbiy-profilaktika yordami ko‘rsatish shartlari va usullari bilan tibbiyot xodimlarining sog‘liqni saqlash tizimidagi faoliyatining o‘rni va ahamiyati tobora ortib bormoqda. Tibbiy xizmatlar va bo‘limlarning yaxshi muvofiqlashtirilgan ishini tashkillashtish bilim va mahoratga, faoliyat davomidagi professional munosabatga bog‘liqir. Bolalar bilan ishlashda tibbiyot xodimlarining yuqori professionalligi alohida ahamiyatga ega.

O‘rta tibbiyot xodimlari faoliyatida ham profilaktika chora tadbirlarni amalga oshirish eng dolzarb muammolarda biri hisoblanadi. Sog‘liqni saqlash tizimida olib borilayotgan islohatlarga bog‘liq holda, tibbiyot xodimlariga katta mas'uliyat yuklangan: ularning vakolatlari chegaralari nafaqat parvarish masalalarida, balki patologik holatlarni tashxislashda ham kengaymoqda. Bu maktabgacha ta'lim muassasalari sharoitida bolalarni profilaktik tekshirish jarayonida eng katta ahamiyatga ega. Bolalarni har tomonlama intellektual,axloqiy,estetik va jismoniy rivojlanishda ta’lim-tarbiya berish orqali bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda maktabgacha ta’lim muassasasining o’rni katta.Bolalarga tibbiy xizmat ko’rsatish davlat maktabgacha ta’lim muassasasining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan  tartibda biriktirilgan hududiy sog’liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim muassasalarida hamshiralar faoliyatida yuqorida keltirilgan vazifalar yuzasidan kamchiliklar ko’zga tashlanmoqda.

Ko'chirildi

Kuchirilganligi haqida ma'lumot yuk.

Bibliografik manbalar

Kasalliklarni nazorat qilish va profilaktika markazlari, 2011.

Baisch, Lundeen & Murphy, 2011.

Wolfe, 2013.

McClanahan & Weismuller, 2015.

Lineberry & Ickes, 2015.

Escola Superior de Enfermagem de Coimbra. Ensino clinico de cuidados primários/diferenciados – área de Enfermagem de Saúde Infantil e Pediatria: Guia Orientador. Coimbra: ESEnfC; 2016.

Ministério da Educação. Departamento da Educação Básica.A educação préescolar e os cuidados para a primeira infância em Portugal. Lisboa: Ministério da Educação. Departamento da Educação Básica; 2000.

https://scielo.isciii.es/pdf/eg/v17n51/en_1695-6141-eg-17-51-368.pdf.

Asociación Madrileña de Enfermería en Centros Educativos.Propuesta sobre las competencias profesionales de la enfermería escolar. Madrid: Asociación Madrileña de Enfermería en Centros Educativos; 2016.

NASN, 2016.

Lineberry & Ickes, 2015.

Ministério da Educação. Departamento da Educação Básica.A educação préescolar e os cuidados para a primeira infância em Portugal. Lisboa: Ministério da Educação. Departamento da Educação Básica; 2000.

Yuklashlar

331 115

Nashr qilingan

Maktabgacha ta'lim muassasalarida hamshiralik ishini tashkil etish va takomillashtirishda hamshira bo’lishining afzal tomonlari

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

G’aniyeva, Z., & Mamasolieva, S. (2022). Maktabgacha ta’lim muassasalarida hamshiralik ishini tashkil etish va takomillashtirishda hamshira bo’lishining afzal tomonlari. Jamiyat Va Innovatsiyalar, 3(2/S), 400–406. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss2/S-pp400-406