O‘zbek adabiyotshunosligida Iskandar mavzusining o‘rganilishi

  • Tayanch doktorant, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti

DOI

https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4-pp47-56

Kalit so‘zlar

Iskandar mavzusi , Alexander Romance , Alisher Navoiy , Saddi Iskandariy , qiyosiy-tipologik tahlil , xalq eposi , mumtoz adabiyot

Annotasiya

O‘zbek adabiyotshunosligida Iskandar mavzusining o‘rganilishi masalasi Sharq va G‘arb adabiy an’analari kesishgan nuqtalardan biri sifatida alohida ilmiy e’tiborni talab qiladi. Iskandar obrazining manbalari qadimgi yunon an’analari, xususan, “Alexander Romance”, fors-tojik adabiyotidagi Nizomiy Ganjaviy va boshqa mumtoz shoirlar ijodi, shuningdek, xalq og‘zaki ijodi namunalari bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbek adabiyotshunosligida ushbu mavzu XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab izchil o‘rganila boshlandi.

1991–2010-yillarda esa qiyosiy-tipologik izlanishlar kengayib, Iskandar obrazi xalq eposidagi qahramonlar va g‘arbiy adabiy an’analar bilan solishtirildi.
F.Sulaymonova, B.Sarimsoqov, K.Imomov, H.Homidiy, M.Jo‘rayev kabi olimlar Iskandar timsolining epik va yozma adabiyotdagi o‘xshashlik va farqlarini aniqlash, syujet va motiv ko‘chishlari jarayonini tahlil qilishga e’tibor qaratdilar. Shuningdek,
A.Hayitmetov, R.Vohidov, H. Eshonqulov kabi adabiyotshunoslar Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni doirasida Iskandar obrazining o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi o‘rni va badiiy xususiyatlarini ochib berganlar.

Yangi davr tadqiqotlarida (I.Ismoilov, Sh.Xudoyberdiyeva va boshqalar) Iskandar obrazining genetik ildizlari, xalqona talqinlari hamda poetik strukturasining zamonaviy komparativ tahlillari amalga oshirilmoqda. Mazkur izlanishlar o‘zbek adabiyotshunosligida Iskandar mavzusini tarixiy-adabiy, qiyosiy-tipologik va poetik jihatdan kompleks o‘rganish imkonini yaratmoqda.

Bibliografik manbalar

Бартольд, В. В. Туркестан в эпоху монгольского нашествия. – Москва: Наука, 1963. – 600 с.

Навоий, Алишер. Садди Искандарий / МАТ. 20 т. Т. 11. – Тошкент: Фан, 1987. 727 б.

Golden, P. B. Central Asia in World History. – Oxford: Oxford University Press, 2011. – 184 p.

Бартольд, В. В. Очерк истории семейских отношений у мусульман. – Петроград, 1918. – 56 с.

Бертельс, Е. Э. Низами и его современники. – Москва: Изд-во АН СССР, 1940. – 312 с.

Смирнова, О. А. Рукописи среднеазиатских народных книг. –Москва: Изд-во восточной литературы, 1959. – 198 с.

Ҳайитметов, А. Алишер Навоий ва ўзбек адабиёти тарихи масалалари. – Тошкент: Фан, 1970. – 250 б.

Ўзбек адабиёти тарихи. – Тошкент: Ўқитувчи, 1976. – 420 б.

Воҳидов, Р.; Эшонқулов, Ҳ. Ўзбек мумтоз адабиёти тарихи. – Тошкент: Университет, 2005. – 368 б.

Meisami, J. S. Medieval Persian Historiography. – Edinburgh: Edinburgh University Press, 1999. – 320 p.

Сулаймонова, Ф. Ўзбек халқ достонларида тарихий шахс образи. – Тошкент: Фан, 1998. – 215 б.

Саримсоқов, Б. Ўзбек халқ эпосида тарихий образлар эволюцияси. – Тошкент: Ма’навият, 2001. – 184 б.

Имомов, К.; Хомидий, Ҳ. Шарқ адабиёти ва халқ оғзаки ижодида Искандар обра́зи // Ўзбек тили ва адабиёти. – 2005. – №4. – Б. 45-52.

Жўраев, М. Қиёсий адабиётшунослик асослари. – Тошкент: Ўзбекистон Миллий университети, 2007. – 276 б.

Ismoilov, I. Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostonining qiyosiy tahlili: PhD dissertatsiyasi. – Toshkent, 2019. – 160 b.

Ismoilov, I. Alisher Navoiyning “Saddi Iskandariy” dostoni genezisi va poetikasi: DsC dissertatsiyasi. –Toshkent, 2022. – 280 b.

Худойбердиева, Ш. Искандар подшо қиссаси — Искандар ҳақидаги халқона асар // Фольклоршунослик тўплами. – Тошкент, 2023. – Б. 85-94.

Бертельс, Е. Э. Роман об Александре и его главные версии на Востоке. – Москва-Ленинград: Изд-во АН СССР, 1948. – 280 с.

Yuklashlar

37 28

Nashr qilingan

O‘zbek adabiyotshunosligida Iskandar mavzusining o‘rganilishi

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Abduraimova, X. 2025. O‘zbek adabiyotshunosligida Iskandar mavzusining o‘rganilishi. Xorijiy lingvistika va lingvodidaktika. 3, 4 (Jul. 2025), 47–56. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-3701-vol3-iss4-pp47-56.

Nashr

Bo'lim

Adabiyotshunoslik va lingvokulturologiya