Ayollar va erkaklar hamda aborigen va kelgindi guruhlarda arterial bosim ko‘tarilishining tavsifi va xususiyatlari (31-yillik prospektiv monitoring xulosalari bo‘yicha)

  • Dotsent, Ichki kasalliklar, kardiologiya va shoshilinch tibbiy yordam kafedrasi, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, Andijon davlat tibbiyot instituti
  • Tibbiyot fanlari doktori, professor, Ichki kasalliklar, kardiologiya va shoshilinch tibbiy yordam kafedrasi mudiri, Vrachlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakulteti, Andijon davlat tibbiyot instituti
  • Dotsent, Oftalmologiya kafedrasi, Andijon davlat tibbiyot instituti
  • Direktor, “Hilol med center” MChJ qoshidagi “Kardio-Mir” diagnostika va maslaxat markazi
  • Assistent, Otorinolaringologiya kafedrasi, Andijon davlat tibbiyot instituti

DOI

https://doi.org/10.47689/2181-3663-vol4-iss1-pp112-121

Kalit so‘zlar

gipertenziya oldi holati , arterial gipertenziya , yurak-qon tomir kasalliklarining oldini olish , qon bosimini o‘z-o‘zini nazorat qilish , gipertoniya , profilaktika , ilmiy asos , skrining , hudud

Annotasiya

Arterial gipertenziya, gipertoniya kasalligi, gipertoniya holati, gipertonik kriz va ular bilan bog‘liq gipertonik kontinuum kabilar sog‘liqni saqlash tizimini muhim tibbiy-ijtimoiy va iqtisodiy muammolaridan biri bo‘lib, dunyo bo‘ylab aholining barcha guruhlari ushbu pandemiya bilan xastalanmoqda.

Gipertenziya oldi holati/arterial gipertoniya va yurak-qon tomir tizimining remodellanishi orasida bevosita yoki bilvosita (ularning xatar omillari orqali) o‘zaro bog‘liqlik klinik va eksperimental tadqiqotlarda isbotlangan.

O‘zbekistonda aholiga sifatli kardiologik tibbiy xizmat ko‘rsatish tubdan yaxshilandi, yurak-qon tomir kasalliklarni va gipertenziya oldi holatini samarali davolashning zamonaviy usullari tatbiq etilmoqda. Ammo sog‘liqni saqlashda amalga oshirilgan aniq chora-tadbirlarga qaramasdan bugungi kunda, jumladan, profilaktik kardiologiya/gipertenziologiya sohasida o‘z yechimini hududlar ko‘lamida kutayotgan dolzarb va muammoli masalalar mavjud.

Xalqaro miqyosida arterial gipertoniyaning kelib chiqishi va epidemiologiyasi, mintaqaviy shakllanishini turli aholi guruhlarida chuqurroq prospektiv tadqiqotlarda o‘rganish, shuningdek, uning rivojlanish mexanizmida xatar omillarning tutgan o‘rnini aniqlashga/ajratishga qaratilgan maqsadli ilmiy ishlar izchil ravishda amalga oshirilmoqda. Bunday tadqiqotlar, avvalo, gipertenziv holatlarda kasallikning kelib chiqish omillarini keng tahlil qilish, uning erta bosqichida aniqlanishida ko‘plab xatar omillarini preventiv-tashxisiy ahamiyatini isbotlab berish yoki umumiy va hududiy xatar omillar va gipertenziv holatlarning epidemiologik ko‘rsatkichlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni baholash kabi muhim tibbiy profilaktik va farmakoterapevtik yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Shu bilan birga, umumiy epidemiologik qonuniyatlar va xatar omillari asosida yangi mintaqaviy ahamiyatli va samarali preventiv tashxis usullarini joriy etish, gipertenziv holatlarni erta aniqlash va uning davolash/nazorat qilishda individual (hududiy) yondashuvlarni o‘zgartirib rivojlantirish borasidagi izlanishlar muhim ahamiyat kasb etadi.

Bibliografik manbalar

Акимов А.М. Некоторые факторы хронического социального стресса у мужчин, занятых экспедиционно-вахтовой формой труда на арктических территориях Тюменского региона (пилотное исследование). Сибирский научный медицинский журнал. 2023;43(3):104-112.

Акимов А.М. Физическая активность и ҳарактер труда в популяции мужчин трудоспособного возраста. Омский научный вестник. 2015; 2(136):238-240.

Акимов А.М., Гакова Е.И., Каюмова М.М. и др. Табакокурение и его ассоциации с отношением к здоровью мужчин 25—54 лет, работающих экспедиционно-вахтовым методом в Арктическом регионе Западной Сибири. Профилактическая медицина. 2024;27(4):32-37.

Акимов А.М., Каюмова М.М., Гакова Е.И. и др. Отношение к своему здоровью в открытой популяции среднеурбанизированного города Западной Сибири, ассоциации с распространенностью ИБС: гендерные особенности. Сибирский научный медицинский журнал. 2021;41(4):95-102.

Акимова Е.В., Гафаров В.В., Каюмова А.Р. Физическая активность и отношение к профилактике среди мужчин, занятых мобильным трудом в Арктической зоне России. Международный журнал сердца и сосудистых заболеваний. 2024;12(43):19-26.

Акимова Е.В., Кузнецов В.А., Гафаров В.В. Риск сердечно-сосудистой смерти в различных социальных группах открытой популяции Тюмени. Профилактика заболеваний и укрепление здоровья. 2006;9(4):33-37.

Каюмова М.М., Акимов А.М., Бессонова М.И. и др. Ассоциации стресса в семье, параметров отношения к здоровью и его самооценка у работающих экспедиционно-вахтовым методом в Арктике. Профилактическая медицина. 2023;26(10):49-54.

Масленникова Г.Я., Оганов Р.Г. Выбор оптимальных подходов к профилактике неинфекционных заболеваний в рамках международного сотрудничества. Кардиоваскулярная терапия и профилактика. 2018; 17(1):4-9.

Оганов Р.Г., Масленникова Г.Я. Демографические тенденции в Российской Федерации: вклад болезней системы кровообращения. Международный журнал сердца и сосудистых заболеваний. 2013;1(1):4-9.

Погосова Н.В., Бойцов С.А., Оганов Р.Г. и др. Клинико-эпидемиологическая программа изучения психосоциальных факторов риска в кардиологической практике у больных артериальной гипертонией и ишемической болезнью сердца (КОМЕТА): первые результаты российского многоцентрового исследования. Кардиология. 2018;58(9):47-58.

Федеральная служба государственной статистики. Информационно-аналитические материалы. Численность и миграция населения Российской Федерации. Ссылка активна на 06.02.25.

Curry SJ, Krist AH, Owens DK, et al. US Preventive Services Task Force. Risk Assessment for Cardiovascular Disease with Nontraditional Risk Factors: US Preventive Services Task Force Recommendation Statement. JAMA. 2018;320(3):272-280. https://doi.org/10.1001/jama.2018.8359.

Tunstall-Pedoe H, Kuulasmaa K, Mahonen M, et al. Contribution of trends in survival and coronary-event rates to changes in coronary heart disease mortality: 10-year results from 37 WHO MONICA project populations. The Lancet. 1999;353:1547-57.

World report on the health of refugees and migrants: summary. Geneva: World Health Organization; 2022. Accessed November 27,2024. https://iris.who.int/bitstream/handle/10665/360466/9789240054868-rus.pdf.

Yao B-C, Meng L-B, Hao M-L, et al. Chronic stress: a critical risk factor for atherosclerosis. Journal of International Medical Research. 2019;47(4): 1429-1440. https://doi.org/10.1177/0300060519826820.

Yuklashlar

88 22

Nashr qilingan

Ayollar va erkaklar hamda aborigen va kelgindi guruhlarda arterial bosim ko‘tarilishining tavsifi va xususiyatlari (31-yillik prospektiv monitoring xulosalari bo‘yicha)

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Qalandarov, D., Mamasaliyev, N., Mamasaliev , Z., Mirsaydullayev, M. and Mamasoliyeva, S. 2025. Ayollar va erkaklar hamda aborigen va kelgindi guruhlarda arterial bosim ko‘tarilishining tavsifi va xususiyatlari (31-yillik prospektiv monitoring xulosalari bo‘yicha). Profilaktik tibbiyot va salomlatlik. 4, 1 (Jul. 2025), 112–121. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-3663-vol4-iss1-pp112-121.