Ruxsat beruvchi kodeksni ishlab chiqish g‘oyasi: nazariy asoslar va amaliy yondashuvlar

  • O‘qituvchi, Toshkent davlat yuridik universiteti

DOI

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp34-42

Kalit so‘zlar

ma’muriy huquq , ruxsatnoma tizimi , litsenziyalash , kodifikatsiya , raqamlashtirish , davlat boshqaruvi , huquqiy islohotlar , O‘zbekiston

Annotasiya

Ushbu maqola O‘zbekiston Respublikasining Ruxsat berish kodeksini ruxsat berish faoliyatining barcha jihatlarini qamrab oluvchi yaxlit va tizimni shakllantiruvchi normativ-huquqiy hujjat sifatida qabul qilish zarurligini ilmiy asoslashga bag‘ishlangan. Mavjud ruxsat berish tizimidagi huquqiy, institutsional va protsessual muammolar, jumladan, normativ-huquqiy hujjatlarning ko‘pligi va tarqoqligi, yagona standartlarning yo‘qligi, raqamli integratsiyaning sustligi hamda ariza beruvchilar huquqlarini himoya qilishning samarali mexanizmlari mavjud emasligi tahlil etilgan. Kodekslashtirish maqsad va vazifalari, bo‘lajak Kodeksning huquqiy tartibga solish predmeti, uning ta’sir doirasi va ko‘zda tutilgan innovatsion mexanizmlar, jumladan, "sukut - rozilik belgisi" tamoyili, raqamli reestr, tartib-taomillarni birxillashtirish va sudgacha majburiy shikoyat qilish tizimini joriy etish masalalari oydinlashtirilgan.

Kodeksning ma’muriy, tadbirkorlik va tarmoq qonunchiligi tizimidagi o‘rni, uning yuridik, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy oqibatlari qonuniyatlari aniqlangan. Ruxsat berish kodeksining ochiq boshqaruv, raqamlashtirish va huquqiy aniqlik tamoyillariga mos keladigan zamonaviy ruxsat berish tizimi modelini shakllantirishdagi ahamiyati ko‘rsatib o‘tilgan. Maqolada Kodeks qabul qilinishi O‘zbekistonni institutsional modernizatsiya qilishning muhim bosqichi bo‘lib, davlat, biznes va fuqarolik jamiyati o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashga xizmat qilishi to‘g‘risida xulosa chiqarilgan.

Ko'chirildi

Kuchirilganligi haqida ma'lumot yuk.

Bibliografik manbalar

Uznews: За что Минздрав отозвал лицензию у клиники Intermed Innovation и есть ли тут конфликт интересов? https://uznews.uz/ru/news/65575

(Kun.uz: В Ташкенте выявлена клиника, оказывавшая услуги детям без лицензии https://kun.uz/ru/news/2025/02/11/v-tashkente-vyyavlena-klinika-okazyvavshaya-uslugi-detyam-bez-lisenzii

(Upl.uz: В Ташкенте суд отменил штраф таксисту, выписанный за перевозку пассажиров без лицензии https://upl.uz/obshestvo/44088-news.html

Yuklashlar

40 20

Nashr qilingan

Ruxsat beruvchi kodeksni ishlab chiqish g‘oyasi: nazariy asoslar va amaliy yondashuvlar

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Normuhamedova , S. (2025). Ruxsat beruvchi kodeksni ishlab chiqish g‘oyasi: nazariy asoslar va amaliy yondashuvlar. Jamiyat Va Innovatsiyalar, 6(6/S), 34–42. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol6-iss6/S-pp34-42