Sun’iy intellekt javobgarligining axloqiy va huquqiy taomillari

  • Yuridik fanlar bo‘ycih falsafa doktori, professor vazifasini bajaruvchisi, dotsent, хalqaro xususiy huquq kafedrasi, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent, O‘zbekiston

DOI

https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3-pp48-56

Kalit so‘zlar

robotlashtirish , sun’iy intellekt , huquq , axloq , javobgarlik , qoidalar , intellektual mulk

Annotasiya

Ushbu ilmiy maqolada muallif sun’iy intellektni anglashning dolzarb ilmiy-nazariy yondashuvlarini, shu jumladan, uning mas’uliyatini aniqlash nuqtayi nazaridan ko‘rib chiqadi. Muallif ta’kidlaganidek, ilmiy-fantastik adabiyotlarda sun’iy intellekt yaratish va uning mohiyatini, robotlar faoliyatidagi axloqiy va huquqiy tamoyillarini aniqlash masalasi doimo ko‘tarilib kelingan. Maqolada muallif sun`iy intellekt obyektlarining huquqiy javobgarligi paydo bo‘lishining huquqiy shartlarini har tomonlama tahlil qiladi, ma’lum bir vaziyatni odamlar uchun xavfli deb tan olish, robotlar uchun inson hayotining ustuvorligi bilan bog‘liq qiymat munosabatlariga misollar keltiradi. Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solishning asosiy muammolari sifatida muallif ularning avtonom va robotlarni yaratuvchilar yoki operatorlardan mustaqilligini ko‘rsatadi, bu esa huquqiy javobgarlik choralari va predmetini aniqlashni juda qiyinlashtiradi. Sun’iy intellektga nisbatan yuridik javobgarlikni belgilashning turli yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Shunday qilib, sun’iy intellekt obyektlarini yuridik shaxslarga, shuningdek, ijtimoiy xavfi yuqori bo‘lgan obyektlarga tenglashtirish pozitsiyalari o‘rganilib, ularning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘rsatiladi hamda ba’zi milliy va xalqaro tajribalar imkoniyatining huquqiy va ijtimoiy omillari ko‘rsatiladi, xalqaro robotlashtirish qoidalari (Fransiya, Yevropa Ittifoqi) baholanadi.Xulosa o‘rnida ta’kidlanganidek, sun’iy intellektni yaratish bilan bog‘liq ulkan imkoniyatlar bilan bir qatorda yaqin kelajakda uni joriy qilish bilan bog‘liqlikda hal etilishi lozim bo‘lgan qator ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, texnologik, huquqiy, axloqiy va falsafiy muammolar ham mavjud.

Ko'chirildi

Kuchirilganligi haqida ma'lumot yuk.

Bibliografik manbalar

D. Edmonds, Would You Kill the Fat Man? The Trolley Problem and What Your Answer Tells Us About Right and Wrong, Princeton University Press, 2013.

The Mechanical Mind in History, Cambridge, MA: MIT Press: PP. 149–184

Asaro P. The Liability Problem for Autonomous Artificial Agents // AAAI Symposium on Ethical and Moral Considerations in Non-Human Agents, Stanford University, Stanford, CA. March 21–23, 2016, P. 191.

Arkhipov V., Naumov V. On Certain Issues Regarding the Theoretical Grounds for Developing Legislation on Robotics: Aspects of Will and Legal Personality // Zakon. 2017, No. 5, P. 167.

Asaro P. The Liability Problem for Autonomous Artificial Agents, P. 193.

Arkhipov, V., Naumov, V. – P. 164.

Winkler A. We the Corporations: How American Businesses Won Their Civil Rights. Liverlight, 2018. See a description here: Ошибка! Недопустимый объект гиперссылки.

Brożek B., Jakubiec M. On the Legal Responsibility of Autonomous Machines // Artificial Intelligence Law. 2017, No. 25(3), pp. 293–304.

Khanna V.S. Corporate Criminal Liability: What Purpose Does It Serve? // Harvard Law Review. 1996, No. 109, PP. 1477–1534.

Hage J. Theoretical Foundations for the Responsibility of Autonomous Agents // Artificial Intelligence Law. 2017, No. 25(3), PP. 255–271.

Yuklashlar

213 228

Nashr qilingan

Sun’iy intellekt javobgarligining axloqiy va huquqiy taomillari

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Bozarov, S. (2022). Sun’iy intellekt javobgarligining axloqiy va huquqiy taomillari. Jamiyat Va Innovatsiyalar, 3(3), 48–56. https://doi.org/10.47689/2181-1415-vol3-iss3-pp48-56