DOI
https://doi.org/10.47689/2181-3663-vol4-iss4-pp110-118Kalit so‘zlar
postkovid sindromi , bolalar , bronxopnevmoniya , klinik kechishiAnnotasiya
So‘nggi yillardagi adabiyotlarda bolalarda postkovid sindromining klinik kechishi haqida yakka-yagona ma’lumotlar aks ettirilgan: bola organizmining ko‘p a’zoli zararlanishlari, autoimmun shikastlanishlar, immunitet tizimidagi sezilarli o‘zgarishlar kuzatilganligi qayd etilgan. Bolalarda koronavirus infeksiyasining uzoq muddatli oqibatlari hali yetarlicha o‘rganilmagan.
Maqsad: bolalarda postkovid sindromida bronxopnevmoniyaning klinik kechish xususiyatlarini o‘rganish.
Material va usullar: Kuzatuvimiz ostida 179 nafar bemor bo‘ldi: 61 nafari - "uzoq kovid" (simptomlarning davomiyligi 4 haftadan ortiq, ammo 12 haftadan kam), 68 nafari - SPS (surunkali postkovid sindromi; XKT-10 bo‘yicha kasallik boshlanganidan beri 12 haftadan ortiq), shuningdek, 1 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan noaniq etiologiyali KTB (kasalxonadan tashqari bronxopnevmoniya) bilan og‘rigan 50 nafar bola. Barcha bolalar bronxopnevmoniya tashxisi bilan Termiz shahridagi ODMMM statsionariga yotqizilgan va pulmonologiya hamda RITB bo‘limlariga joylashtirilgan. S-RBD SARS-CoV-2 IgG uchun IFA > 1 XB/ml qiymatida ijobiy deb hisoblangan.
Natijalar va muhokama. Uzoq kovidda bronxopnevmoniya asosan kasallikning o‘rtacha og‘ir kechishida namoyon bo‘lib, hansirash, nafas olishda qovurg‘a osti sohalarining tortilishi kuzatildi, ko‘pincha bronxopnevmoniyaning segmentar shakli aniqlandi. SPS og‘ir bronxopnevmoniyaning yuqori chastotasi, markaziy sianoz, og‘ir nafas yetishmovchiligi (bosh silkitish harakatlari), markaziy asab tizimi intoksikatsiyasining yaqqol belgilari (tana haroratining 35°S va undan pastga tushishi, yurak urishining tezlashishi) bilan kechdi, ko‘pincha interstitsial pnevmoniya tashxisi qo‘yildi. SPSning uzoq muddatli namoyon bo‘lishi oxir-oqibat autoimmun patologiya va yuvenil revmatoid artrit, oshqozon-ichak trakti kasalliklari va ich ketishi, Giyen-Barre sindromi, poliradikulonevropatiya kabi holatlar bilan xarakterlandi. Uzoq kovidda turli a’zolar va tizimlarning umumiy zararlanishi hamda Stivens-Jonson sindromi bilan septik jarayonning rivojlanishi qayd etildi.
Bibliografik manbalar
Belhadjer Z., Meot M., Bajolle F. et al. Acute heart failure in multisystem inflammatory syndrome in children (MIS-C) in the context of global SARS-CoV-2 pandemic. Circulation. 2020; 142(5): 429–36. https://dx.doi.org/10.1161/CIRCULATIONAHA.120.048360.
Bobomuratov T.A, Karimova N.A, Tursunbayev A.K, Nurmatova N.F. Complications from the cardiovascular system in children who have had COVID-19./ E3S Web of Conferences.- 2023 |Conference paper. DOI:10.1051/e3sconf/202338101092
Esper F., Shapiro E.D., Weibel C.et al. Association between a novel human coronavirus and Kawasaki disease /J. Infect Dis. – 2005. – V. 191. – P. 499-502.
Gomes, S Gonzales Martinez et al. //Lancet. – 2020. – V. 23. – P. 395(10237). – P. 1607-1608.
Hennon T.R., Penque M.D., Aziz R.A. et al. COVID-19 associated Multisystem In- flammatory Syndrome in Children (MIS-C) guide- lines; a Western New York approach / //Prog. Pedi- atr. Cardiol. – 2020. 23:101232. Epub ahead of print. doi: 10.1016/j.ppedcard.2020.101232.
Kantemirova M.G., Novikova Yu.Yu., Ovsyannikov D.Yu. Pediatric pharmacology 17(3), 219–229 (2020). doi: 10.15690/pf.v17i3.2126
Verdoni L., Mazza A., Gervasoni A. et al. An outbreak of severe Kawasaki-like disease at the Italian epicentre of the SARS-CoV-2 epidemic: An observational cohort study. Lancet. 2020; 395(10239): 1771–78. https://dx.doi.org/10.1016/S0140-6736(20)31103-X.
Whitaker E., Bamford A., Kenny J. et al. //JAMA. Publishtd online June 8 2020 doi 10.1001/ ja- ma.2020.10369
Whittaker E., Bamford A., Kenny J. et al. Clinical characteristics of 58 children with a pediatric inflammatory multisystem syndrome temporally associated with SARS-CoV-2. JAMA. 2020; 324(3): 259–69. https://dx.doi.org/10.1001/jama.2020.10369.
Абатуров А.Е., Агафонова Е.А., Кривуша Е.Л., Никулина А.А. Патогенез COVID-19 / Zdorov‘e Rebenka. – 2020. – №15 (2). – P. 133-144.
Зайратьянц О.В., Самсонова М.В., Михалева Л.М. и др. Патологическая анатомия COVID-19 /Атлас /Под общ. ред. О. В. Зайратьянца. – М.: ДЗМ, 2020. – 116 с.
Зверева Н.Н., Сайфуллин М.А., Ртищев А.Ю. и др. Коронавирусная инфекция у детей / //Педиатрия. – 2020. – №99 (2). – С. 270-278.
Намазова-Баранова Л. С. Короновирусная инфекция (COVID-19) у детей (состояние на апрель 2020) //Педиатрическая фармакология. – 2020. – Т. 17. – №2. – С. 93-94.
Yuklashlar
24 7Nashr qilingan
Qanday qilib iqtibos keltirish kerak
Nashr
Bo'lim
Litsenziya
Mualliflik huquqi (c) 2025 Дилором Кенжаева, Рушания Пулатова

Ushbu ish Creative Commons Attribution 4.0 Worldwide.











