Tomir demensiyasiga chalingan bemorlar qonidagi patofiziologik o‘zgarishlar

  • Katta o‘qituvchi,"Nevrologiya va psixiatriya" kafedrasi, Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti

DOI

https://doi.org/10.47689/2181-3663-vol4-iss5-pp51-56

Kalit so‘zlar

lipid spektri , koagulogramma , miyaning neyrotrofik omili BDNF , kortikal qon tomir demensiyasi , subkortikal qon tomir demensiyasi

Annotasiya

Qon tomir demensiyasi - klinik-patomorfologik va klinik-patogenetik sindromlar majmuasi bo‘lib, ularning umumiy xususiyati serebrovaskulyar buzilishlarning kognitiv buzilishlar bilan o‘zaro bog‘liqligi hisoblanadi. Tadqiqot qon tomir demensiyasi bilan kasallangan bemorlarda qonning patofiziologik o‘zgarishlarini, xususan, qon tomir demensiyasining kortikal va subkortikal shakllari bilan og‘rigan bemorlarning qon zardobida miya neyrotrofik omili (BDNF) miqdorining o‘zgarishini o‘rganish maqsadida o‘tkazildi. BDNF ontogenezda muhim ahamiyatga ega bo‘lib, katta yoshdagi inson miyasi faoliyatida markaziy o‘rin egallaydi. U neyronlarning hayotiy faoliyati va metabolizmini ta’minlashda, neyrogenezda, dendritlarning tarmoqlanishi va morfologiyasini modulyatsiya qilishda ishtirok etadi, neyronal degeneratsiya va yallig‘lanishda himoya ta’sirini ko‘rsatadi, neyronlar apoptozining oldini olishga ko‘maklashadi. Maqolada BDNFni qon tomir demensiyasini tashxislashda immunobiokimyoviy marker sifatida qo‘llash imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Bibliografik manbalar

Левада О. А., Траилин А. В. Распространенность психопатологических и поведенческих нарушений на этапах развития субкортикальной сосудистой деменции в пожилом и старческом возрасте // Психиатрия и психофармакотерапия им. П. Б. Ганнушкина. — 2013. — № 3. — С. 63 — 69.

Преображенская ИС, Яхно НН. Сосудистые когнитивные расстройства: клинические проявления, диагностика, лечение. Неврологический журнал. 2007;12(5):45–50.

Яхно НН. Когнитивные расстройства в неврологической практике. Неврологический журнал. 2006;11(S1):4–12.

Forlenza O. V., Diniz B. S., Stella F. et al. Mild cognitive impairment. Part 1. — P. clinical characteristics and predictors of dementia // Rev. Bras. Psiquiatr. — 2013. — Vol. 35, N 2. — P. 178 — 185.

Ishii H., Meguro K., Yamaguchi S. et al. Prevalence and cognitive performances of vascular cognitive impairment no dementia in Japan: the Osaki-Tajiri Project // Eur. J. Neurol. — 2007. — Vol. 14, N 6. — P. 609 — 616.

Kim G., Kim E. The effects of antecedent exercise on motor function recovery and brain-derived neurotrophic factor expression after focal cerebral ischemia in rats. J. Phys. ther. sci. 2013; 25 (5): 553–6.

Ladea M., Bran M. Brain derived neurotrophic factor (BDNF) levels in depressed women treated with open-label escitalopram // Psychiatr. Danub. — 2013. — Vol. 25, N 2. — P. 128 — 132.

Li X., Ma C., Zhang J. et al. Prevalence of and potential risk factors for mild cognitive impairment in community-dwelling residents of Beijing // J. Am. Geriatr. Soc. — 2013. — Vol. 61, N 12. — P. 2111 — 2119.

Ventriglia M., Zanardini R., Bonomini C. et al. Serum brain-derived neurotrophic factor levels in different neurological diseases // Biomed. Res. Int. 2013. — P. 901082. doi: 10.1155/2013/901082.

Yuklashlar

0 0

Nashr qilingan

Tomir demensiyasiga chalingan bemorlar qonidagi patofiziologik o‘zgarishlar

Qanday qilib iqtibos keltirish kerak

Zokirov, M. 2025. Tomir demensiyasiga chalingan bemorlar qonidagi patofiziologik o‘zgarishlar. Profilaktik tibbiyot va salomlatlik. 4, 5 (Nov. 2025), 51–56. DOI:https://doi.org/10.47689/2181-3663-vol4-iss5-pp51-56.

Nashr

Bo'lim

Salomatlikni shakllantirishning tibbiy-ijtimoiy jihatlari